Sport hakamlik sudi (SAS) Rossiya Olimpiya qömitasi va 68 nafar yengil atletikaçilarning Xalqaro yengil atletika federatsiyalar uyuşmasi (IAAF) qarori yuzasidan bergan apellyatsiyasini rad etdi, deb xabar qilmoqda SAS sayti. Şunday qilib, ular Rio–2016 öyinlarida Rossiya şa'nini himoya qila olişmaydi. 

Avvalroq, IAAF rossiyalik yengil atletikaçilarning arizalarini rad etgan, birgina uzunlikka sakraş böyiça Darya Klişinaga ruxsat bergandi. 

«CAS Rossiya Olimpiya qömitasi va 68 nafar rossiyalik sportçining murojaatini rad etdi», — deyiladi sud qarorida. 

Olimpiya öyinlari 2016 yil 5-21 avgust kunlari Braziliyaning Rio-de Janeyro şahrida bölib ötadi.