Bugun, 28 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Pokiston Islom Respublikasi, Şveytsariya Konfederatsiyasi, Latviya Respublikasi, Isroil davlati, Germaniya Federativ Respublikasi, Slovakiya Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasining Özbekistondagi Favqulodda va muxtor elçilari etib tayinlangan Irfon Yusuf Şomiy, Olive Şava, Mixails Popkovs, Eduard Şapir, Gyunter Overfeld, Yan Bori va Tszyan Yandan işonç yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Özbekiston rahbari elçilarni mamlakatimizda diplomatik missiyasini boşlagani bilan samimiy qutlab, mas'uliyatli faoliyatida yuksak yutuq va muvaffaqiyatlar tiladi.

Marosimda Özbekiston kuçli fuqarolik jamiyati va jadal rivojlanayotgan bozor iqtisodiyotiga ega erkin va demokratik davlat barpo etişning yangi tarixiy bosqiçiga qadam qöygani alohida ta'kidlandi.

Özbekistonni yanada rivojlantiriş böyiça Harakatlar strategiyasi doirasida boşlangan keng kölamli islohot va özgarişlar muqarrarlik tusini olayotganiga e'tibor qaratildi.

Oçiq taşqi siyosat olib bormasdan, köp qirrali va özaro manfaatli xalqaro hamkorlikni yölga qöyib, mustahkamlamasdan turib belgilangan vazifalarni amalga oşirib bölmasligi ta'kidlandi.

Özbekiston Respublikasi taşqi siyosatida ğoyat qisqa davrda salmoqli natijalar qölga kiritilgani, xorijiy dvlatlar, nufuzli xalqaro va mintaqaviy taşkilotlar bilan munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqiçga kötarilgani qayd etildi.

Davlat rahbari Özbekiston Markaziy Osiyoda xavfsizlik, barqarorlik va izçil taraqqiyotni ta'minlaşda bundan buyon ham barça sa'y-harakatlarini safarbar etişi hamda oçiq, döstona va amaliy taşqi siyosat olib borişni davom ettirişini alohida ta'kidladi. Bunda avvalo qöşni davlatlar bilan munosabatlarga alohida e'tibor beriladi.

Şuningdek, dunyoning yetakçi mamlakatlari bilan özaro manfaatli va uzoq muddatli şeriklikni kengaytiriş siyosati davom ettiriladi.

Prezident öz nutqida yangi elçilarni tayinlagan mamlakatlar bilan döstlik aloqalari va özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşning ustuvor yönalişlariga töxtaldi.

Özbekiston Respublikasi mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlaşda an'anaviy ravişda muhim örin tutayotgan Pokiston Islom Respublikasi bilan köp qirrali munosabatlarni rivojlantirişga katta ahamiyat berayotgani ta'kidlandi.