Toşkentdagi International mehmonxonasida tantanali oçiliş marosimidan söng, ADWEEK Marketing konferensiyasi va Marketing hamda reklama körgazmasi ötkazilmoqda.

ADWEEK Marketing konferensiyasi ikki kun mobaynida (28 fevral - 1 mart) bölib ötmoqda. U taqdimotlar, usta darslar şaklida ötkazilyapti. Haftalik taşkilotçilari tomonidan Özbekistondagi marketing va reklama sohasidagi dolzarb masalalar, muammolar, vazifalar va tendensiyalarni muhokama qiliş uçun professional maydonça yaratildi.
 
Marketing va reklama körgazmasini ötkazişdan maqsad – mahalliy marketing bozori asosiy qatnaşçilarining yutuqlarini namoyiş etiş hamda raqobatbardoş ustunliklarini rivojlantiriş. Bunda quyidagi yönalişlar bor: reklama agentliklari, dizayn studiyalari, veb-studiyalar, poligrafiya kompaniyalari, mediya agentliklari, marketing agentliklari, videomahsulotlar, suvenirlar va boşqalarni işlab çiqaruvçilar. Körgazma uç kun davom etadi (28 fevral - 2 mart) va iştirokçilarni taqdirlaş marosimi bilan yakunlanadi.