Andijon şahrida 22 fevral kuni boşlangan an'anaviy «Hokim kubogi» turniri bugun, 1 mart kuni öz yakuniga yetdi.
Bu yilgi musobaqalarda vodiy viloyatlarining Pro-liga va viloyat birinçiliklarida qatnaşayotgan 12ta jamoasi iştirok etdi.
Viloyat hokimligi va viloyat futbol federatsiyasi tomonidan taşkil etilgan bahslar Böston dahasidagi «Andijon» futbol klubi qoşidagi futbol maktabi öyingohi hamda Şörbuloqdagi futbolga ixtisoslaşgan maktab-internatining maydonlarida bölib ötdi.
Final bahsida mezbon viloyatning boş jamoasi bölgan «Andijon» klubi, Yoşlar ittifoqining «Iftixor» jamoasiga qarşi töp surdi.


Köplab muxlislar qarşisida ötgan final uçraşuvida «Andijon» jamoasi mehmonlar ustidan 1:0 hisobida ğalaba qozondi.

E'tiborli jihati, Yoşlar Ittifoqi jamoasi tarkibida ikkinçi bölimda Rafa Luka harakat qildi.


Taqdirlaş marosimida viloyat hokimi örinbosari Serobiddin Ismoilov har ikki jamoani ajoyib öyinlari bilan qutlab, esdalik sovğalari topşirdi. Ğolib jamoaga Hokim Kubogi bilan taqdirlandi.




Andijon hokim Kubogi-2018, FINAL
«Andijon» - «Iftixor» 1:0
Gol: Davron Isoqov.
Andijon: Javohir Qiliçev, Xuşnud Avilov, Qahramon Mahamadjonov, Siroj Hamroyev, Ibrohim Otaxonov (S), Şahboz Jumaboyev, Eldor Boymatov, Sunnatilla Mamadaliyev (Ma'ruf Zokirjonov), Sunnatulla Abdullajonov, Kenja Törayev (Obid Hakimov), Davron Isoqov.











