Sotheby’s auksion uyi noyob avtomobil – Bernd Michalak Design Studio nemis dizayn-studiyasi tomonidan yaratilgan Ferrari 328 GTS Conciso kontsept-karini sotuvga qöydi. Yagona nusxada mavjud bölgan maşinaning narxi hozirça ma'lum qilinmayapti.

Sportkar 1989 yilgi namunadagi Ferrari 328 GTS şassisida qurilgan. Maşina böyalmagan plastikdan keng old qanotlari va içki örnatilgan farali “barketta” kuzovga ega. Maşinaning eşiklari va tomi yöq, salonida esa ikkita şlemni saqlaş uçun maxsus bölmalar bor.




Kontsept 3,2 litrli, 8 silindrli, 274 ot kuçiga ega dvigatel va 5 poğonali mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan. Standart kuzovdan 30 foizga yengilroq bölgan yangi kuzov hisobiga maşina 100 km/soat tezlikka 5 soniyada erişa oladi. Seriyali Ferrari 328 GTS’ga buning uçun 6,4 soniya talab etiladi. Kontsept-karning maksimal tezligi 278 km/soatni taşkil qiladi.














