Qirğizistonda militsiyani politsiyaga özgartiriş taklif qilinmoqda. Bu haqda Qirğiziston boş vaziri Sapar Isoqov “Umumiy xavfsizlik va jinoyatçilikning oldini oliş siyosati” milliy anjumanida ma'lum qildi. 

Uning aytişiça, militsiya va politsiya örtasida farq katta. Militsiya bu sobiq ittifoqi zamonlaridan mavjud militaristik taşkilotdir. Uning jamiyatga ta'siri kam. Politsiyaning vazifasi esa jamiyat bilan aloqa va hamkorlik qilişdan iborat.  

Isoqovning qöşimça qilişiça, u qöşni davlatlarning politsiyani tatbiq qiliş böyiça tajribalarini örganiş topşiriğini bergan.