WSB seriyasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Colombia Heroicos» jamoalari örtasidagi boks keçasining navbatdagi jangi bölib ötdi.

-60 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Şunqor Abdurasulov «Colombia Heroicos» vakili Duvan Zuletaga qarşi ringga kötarildi.

Jang mobaynida kolumbiyalik boksçining qoşi yorildi. Şifokorlar unga jangni davom ettirişga ruxsat berişdi, ammo keyinroq, 4-raundda Zuletaning murabbiylari oq soçiq kötarib, mağlubiyatni tan olişdi va Şunqor Abdurasulov texnik nokaut bilan ğalaba qozondi.

Uşbu jangdan söng «Uzbek Tigers» - «Colombia Heroicos» jamoalari örtasidagi hisob tenglaşdi - 1:1.

Navbatdagi jangda -69 kg vazn toifasi vakili Mahmud Ğoipov Aleksander Rangelga qarşi ringga çiqadi.