Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasi va uning quyi tizimlarida xizmat qilayotgan tergovçi hamda suriştiruvçilarga hodisa joyida tergov harakatlari ötkazişga möljallangan, içida zaruriy buyum va anjomlar jamlangan maxsus “Tergov sumkasi” tarqatildi. Bu haqda poytaxt IIBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilişiça, maxsus “Tergov sumkasi” tergovçi va suriştiruvçilarga hodisa joyida sifatli aşyoviy dalillarni, izlarni, ekspert tekşiruvi uçun namunalarni aniqlaş hamda oliş, sxemalar, çizmalar tuzişda, olingan aşyolarni rasmiylaştirişda, foto va videosuratga tuşirişda, har qanday ob-havo şaroitlarida ham protsessual harakatlarini bekamu köst amalga oşirişga yordam beradi.