Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroportida navbatdagi bojxona qoidabuzarliklari foş qilindi. Bu gal qonunbuzarlar öq-dori va tilla tangalarni bojxona nazoratidan yaşirinça olib ötişga urinişdi, deb xabar bermoqda “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati.

Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 246-moddasiga binoan kontrabanda, ya'ni bojxona nazoratini çetlab yoki bojxona nazoratidan yaşirib, deklaratsiyasiz öq-dorilarni Özbekiston Respublikasining bojxona çegarasidan ötkaziş uçun jinoiy javobgarlik belgilangan.

Şunday ekan, respublikaga taşrif buyurayotgan xorijiy şaxslar ham milliy qonunçiligimizda nazar tutilgan uşbu normalarga qat'iy rioya etişlari talab etiladi.

Ammo, “Moskva-Toşkent” reysi böyiça parvozini yakunlagan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi B.M.ning bunday yöl tutmagani özi uçun qimmatga tuşdi.

Bojxonadan yaşil yölak orqali bamaylixotir kirib kelgan bu ayol aslida öziga tegişli bagajida 1 dona jangovar holatdagi 7,62 mm. kalibrli patron va xuddi şu patron uçun möljallangan 1 dona öqni yaşirinça olib kirmoqçi bölgan ekan.

Foto: “Toşkent-Aero” IBK axborot xizmati

Patron va öqni şunçaki suvenir yoki omad keltiruvçi tumor sifatida yonida olib yurişini ma'lum qilgan B.M. bu narsalar unga omad emas, taşviş keltirganini endi tuşunib yetgan bölsa, ajab emas.

Şuningdek, “Toşkent-Aero” ixtisoslaştirilgan bojxona kompleksi “Islom Karimov nomidagi Toşkent xalqaro aeroporti” çegara-bojxona posti xodimlari tilla tangalarni respublikamizdan olib çiqişga bölgan urinişni ham bartaraf etişdi.

“Toşkent-Moskva” reysi böyiça parvozga otlangan fuqaro N.F. bojxonadan qizil yölak orqali ötar ekan, bojxona xodimlarining oğzaki sörovi paytida ham, yölovçi bojxona deklaratsiyasida ham yonida olib çiqiş taqiqlangan tovarlar yöqligini ma'lum qilgan.

Ammo, unga tegişli bagajning nazorat-rentgen apparatidagi şubhali tasvirlari buni tasdiqlamadi. Şundan söng, bagaj xolislar iştirokida oçib körilganda, uşbu şaxs nonlar orasiga bekitgança 2 dona umumiy oğirligi 8.6 gr. bölgan tilla tangalarni bojxona nazoratidan yaşirinça olib çiqmoqçi bölganligi foş böldi.

Özbekiston Respublikasi Madaniyat işlari vazirligi qoşidagi Badiiy ekspertiza boşqarmasi xulosasiga köra, uşbu tangalar XIX asrning oxirlarida Çor Rossiyasida zarb qilingan tanglarning asli emas, balki nusxasi bölib çiqdi. Şunga qaramay, tangalar xarakteristikasida numizmatika predmetlari bölganligi sababli ularni olib çiqişdan avval Badiiy ekspertizaga taqdim etiş lozim edi. Mazkur tangalarning taxminiy bahosi 3 mln 220 ming sömga baholangan.