Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aeroportda xo‘mrayib kutib oluvchi chegarachilar nega tabassum qila olmaydi?
Xalqaro press-klubining turizm mavzusiga bag‘ishlangan yig‘ilishida O‘zbekistondagi xalqaro aeroportlar, xususan, “Toshkent” xalqaro aeroportidagi vaziyat, sayyohlarga qulay sharoitlar yaratish va aeroport atrofidagi holatlar haqida so‘z yuritildi.
“Aeroportlar atrofidagi tushunarsiz odamlar. Samolyotdan tushgan sayyohlar o‘tiradigan avtobuslarda qishda isitish pechlari, yozda esa konditsioner yoqilmasligi. Navbatga turishdagi tortishishlar. Chegarachilarimiz ham yana bir masala. Ochig‘ini aytaylik, ular, turistni kutib oladigan odamlar, xo‘mrayib kutib oladi. Kayfiyati yo‘q, xuddi bu odam uning uyiga kirib keldi, kechasi 3da uni uyqudan uyg‘otdi va bularning kayfiyati yo‘q. Sizga salom yo‘q, alik yo‘q, tabassum yo‘q. Yana bir masala, kompyuterda juda sekin ishlashadi. Siz xuddi jinoyatchidek o‘zingizni his qilasiz”, - degan jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayev.
“Haqiqatdan bugungi kunda bizda ba'zi muammolar bor. Bu, birinchi navbatda, xalqaro standartlarga mos bo‘lgan texnologik jarayonlarning yo‘qligi bilan bog‘liq. Hozirda bu texnologik jarayonlar ishlab chiqilgan, bizga Incheon aeroportidan mutaxassislar kelib, “Toshkent” aeroporti xizmatlari faoliyatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar berishdi.
Avtopark borasida haqiqatdan kichik muammolar bor, biroq bugungi kunda bizning uzoq avtoturargohlarimizdan yo‘lovchilarni aerovokzal kompleksiga kiraverishga muammosiz olib boruvchi avtoparkni xarid qilish ustida ishlamoqdamiz. Chegara va bojxona xizmatlari mutaxassislarini odob-axloq normalariga o‘qitamiz”, - deya bu borada berilgan savolga javob qaytargan “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK raisining birinchi o‘rinbosari Umid Husanov.
Mavzuga oid
11:58 / 17.03.2026
Berlin aeroporti 18 mart kuni ish tashlash sababli barcha reyslarni bekor qiladi
20:51 / 05.03.2026
Toshkent – Samarqand avtomagistralining loyihaviy tezligi 150 km/s etib belgilanadi
21:12 / 02.03.2026
Dubayning ikki aeroporti dushanba kuni kechqurun cheklangan rejimda ish boshlaydi
14:44 / 24.02.2026