Haydovçisiz harakatlanuvçi maşinalarni yuviş osonmi? Oddiy maşinani yuvgandek gap-da, deyişingiz mumkin. Biroq yanada samarali yeçim ustida işlayotgan avtonom avtomobillar işlab çiqaruvçilari bunday fikrda emas. CNN Tech ularning ba'zilari bilan suhbatlaşib, avtonom maşinalarni yuvişda qanday qiyinçiliklarga duç keliş mumkinligi haqida ma'lumot berdi.

Foto: CNN Tech

Avtomatlaştirilgan maşina yuviş qurilmalari önlab yillar davomida takomillaştirilgan, biroq haydovçisiz avtomobillarni işlab çiqaruvçi kompaniyalar faol holatdagi maşina haqida gap ketganda, hanuz qöl mehnatiga umid qilişmoqda. Ekspertlarning sözlariga köra, hali an'anaviy avtomatik yuviş qurilmalari uddalay olmaydigan qator vazifalar bor.

Masalan, yuviş vositasi qoldiqlari yoki kuçli suv oqimlari avtonom transport vositasini "kör" qilib qöyişi mumkin. Qattiq çötkalar esa sensorlar kalibrini öçirişi va ularning aniqligiga salbiy ta'sir körsatişi yoki umumun 100 ming dollar va undan qimmat turuvçi qurilmaga ziyon yetkazişi mumkin.

Foto: CNN Tech

Haydovçisiz maşinalar oddiy avtomobillarga qaraganda köproq e'tibortalab böladi. Kirlar, haşarotlar, quşlar va suv doğlari avtomobilning obektlarni aniqlaş xususiyatini yomonlaştirişi, bu esa uning xavfsizlik tizimiga ta'sir körsatişi mumkin.

Ijara avtomobillarining katta turargohlarini boşqariş borasida köp yillik tajribaga ega Avis kompaniyasi haydovçisiz Waymo minivenlariga xizmat körsatadi. Firmada maşinalarni yuviş va quvvatlantiriş uçun Feniksedagi uç servis stansiyasini qayta qurişga töğri kelgan.

"Ba'zi jihatlar, şubhasiz, yanada katta e'tibor talab qiladi, maşinalarni tez-tez yuvişga töğri keladi, - deydi Avis'ning innovatsiyalar böyiça direktori Artur Ordunya. - Biz dunyodagi heç bir avtomobilga nisbatan qöllanmagan servisni taqdim etamiz".

Foto: CNN Tech

Ordunya avtonom boşqaruvli maşinalarni yuviş jarayoni aynan qanday keçişiga oid sirlarni oçmadi. Toyota, Aptiv, Drive.AI va Uber kabi kompaniyalar esa CNN'ga buning uçun mikrofibrali salfetkalar, spirt, suv va şişa yuviş uçun maxsus suyuqlikdan foydalanişlarini aytişgan. Qişda Uber'ning maxsus xodimlari kameralarni şişa yuvuvçi vosita bilan purkaşadi va unga havo yöllaşadi.