Ford yangi biznes-model ustida işlaş uçun ikki kompaniyani qölga kiritgani haqida e'lon qildi — Autonomic va TransLoc. Uşbu biznes-model odamlarni taşiş va tovarlarni yetkaziş uçun möljallangan avtonom transport işlab çiqarişni közda tutadi. Digital Trends şu haqida ma'lum qildi.

Haydovçisiz qurilmalar Ford'ga turli servislar uçun qöllaş va keyinçalik xizmat kölamini kengaytiriş mumkin bölgan qulay va mobil transport infratuzilmasini yaratişga yordam beradi. TransLoc kompaniyasining dasturiy ta'minoti yangi transport tizimidagi asosiy böğin böladi, zero u avtomobillar uçun optimal yönalişlarni belgilaş imkonini beradi. Kompaniya şuningdek Transportation Mobility bulut servisini işlab çimoqçi, uning yordamida transport va şahar infratuzilma obektlari bir-biri bilan oson va qulay aloqada böladi. 

Bundan taşqari, haydovçisiz texnologiyalarni politsiya maşinalariga nisbatan ham qöllaşmoqçi. Har holda, Ford şunday patentga ariza bergan. Avtonom politsiya maşinalari xodimlar hayotiga xavf solmay, qoidabuzarlarni kuzatiş imkonini beradi. Yangi dasturiy ta'minot haydovçilik könikmalari sabab qölga oliş qiyin bölgan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlar yönalişini oldindan hisoblab çiqişi mumkin.

Sun'iy intellekt haydovçisiz politsiya maşinalariga qoidabuzarlarni yaxşiroq kuzatiş, ularga tezroq yetib oliş imkonini beradi. Bu jarayonda politsiya xodimi haydovçi kreslosida ötirişi, lekin uni mustaqil boşqarmasligi mumkin. 

Albatta, patentga ariza beriş 1-2 yildan keyin şunday patrul maşinalarining yöllarda paydo bölişini kafolatlamaydi. Kompaniya şunçaki raqiblarda şunday ğoyaning paydo böliş holatlarining oldini olib qöymoqçi. 

Uzoq vaqt aynan Ford haydovçisiz texnologiyalar bozorida yetakçi hisoblangan. Biroq General Motors özining dadil  rejalari va biznes-strategiyasi sabab kompaniyani birinçi örindan siqib çiqardi.