Amerikalik boksçi Deontey Uaylder superoğir vaznda WBC kamarini himoya qildi. Nyu-Yorkdagi boks keçasida kubalik Luis Ortisga qarşi 12 raundlik jangda u 10-raundda texnik nokaut bilan ğalaba qozondi.

Uşbu boksçilar jangni ötgan yil noyabridayoq ötkazişlari kerak edi, ammo Ortis doping-testdan ötmadi va diskvalifikatsiya qilindi. Öşanda Uaylder kanadalik Bermeyn Stivernga qarşi ringga çiqib, birinçi raunddayoq uni nokautga uçratgandi.

Uaylder Ortisni 5-raundda nokdaun holatiga tuşirdi. Ammo 7-raundda uning özi kuçli zarbani ötkazib yubordi va polga qulaşiga bir baxya qoldi, gong çalinib qolgani uni qutqardi. Sakkizinçi raundni u boy berdi, töqqizinçi raundda esa taşabbusni öziga qaytardi. 10-raundda Uaylder kubalik boksçini ikki bor nokdaun holatiga tuşirdi va referi jangni töxtatdi, amerikalik boksçi hisobiga texnik nokaut bilan ğalaba yozildi.

Ayni vaqtda 32 yoşda bölgan Uaylder professional ringda mağlubiyatsiz davom etmoqda - 40 ğalaba, şundan 39tasi nokaut bilan. Amerikalik boksçi yettinçi marta jahon çempioni kamarini muvaffaqiyat bilan himoya qildi. 38 yoşli Ortis uçun bu faoliyatidagi ilk mağlubiyat böldi, şu vaqtgaça u 28 jangda 28 ğalaba (24 - nokaut) qayd etgandi.

Bu jang uçun Uaylder 2,1 mln dollar işlab oldi, Ortisning uluşi 500 ming dollar.

Britaniyalik jahon çempioni Entoni Joşua (WBA va IBF) hamda yangi zelandiyalik Jozef Parker (WBO) örtasida 31 mart kuni Kardiffda jang bölib ötadi.