Italiya A seriyasining 27-tur doirasidagi barcha uchrashuvlari qoldirildi.

O‘yinlarning qoldirilishiga – «Fiorentina» sardori Davide Astori o‘yindan oldin mehmoxonada to‘satdan vafot etgani sabab bo‘lmoqda.

Bugun tur doirasida «Jyenoa» – «Kalyari», «Atalanta» – «Sampdoriya», «Benevento» – «Verona», «Torino» – «Krotone», «Udineze» – «Fiorentina», «Kevo» – «Sassuolo» hamda  «Milan» – «Inter» derbisi o‘tkazilishi kerak edi.

«Biz dahshatli yangilikdan qayg‘udamiz. A seriyaning barcha vakillari Davide Astorining yaqinlariga hamda «Fiorentina»ga hamdardlik bildiradi», – deyilgan liga xabarida.