«Liverpul» Angliya Premer-ligasining 29-turida «Nyukasl Yunayted» ustidan ğalabaga erişdi. «Enfild»da bölib ötgan uçraşuv maydon egalarining 2:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.

Birinçi golni 40-daqiqada Aleks Oksleyd-Çemberlenning pasidan keyin Muhammad Saloh urdi. Ikkinçi golga Sadio Mane mualliflik qildi, uni 55-daqiqada Roberto Firmino golli pas bilan ta'minladi.

Endilikda «Liverpul» 60 oçko töplagan holda APL turnir jadvalida ikkinçi öringa kötarildi, «Nyukasl» 29 oçkosi bilan 16-örinda qolmoqda.

Angliya çempionati
29-tur
Liverpul – Nyukasl 2:0 (1:0, 1:0)
Gollar: 1:0 – 40 Saloh, 2:0 – 55 Mane.
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Lovren, van Deyk, Robertson, Oksleyd-Çemberlen (Milner, 79), Henderson, Jan, Saloh, Firmino (Matip, 88), Mane (Lallana, 74).
Nyukasl – Dubravka, Lejyen, Lassels, Dammett, Yyedlin, Diame, Merino (Xeyden, 73), Kenedi, Atsu, Merfi (Peres, 84), Geyl (Xoselu, 66).