Italiya çempionatining 27-turida «Roma» «Napoli»ni mağlub etdi. Neapoldagi «San-Paolo» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 4:2 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyinda hisob «Napoli» tomonidan oçildi. 6-daqiqadayoq mezbonlar hujumçisi Lorentso Insine aniq zarba berdi. 5 daqiqa ötib «Roma» yarim himoyaçisi Jyengiz Under hisobni tenglaştirdi. Keyin maydon egalari darvozasini Edin Djyeko ikki marta işğol etdi. 77-daqiqada Diyego Perotta hisobni yirik körinişga keltirdi. Dris Mertens qöşimça daqiqalarda bitta javob goli yölladi 2:4.
«Yuventus» bu turda «Latsio» ustidan ğalaba qozondi. Rimdagi «Olimpiko» stadionida keçgan uçraşuv mehmonlar jamoasining 1:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
Öyindagi yagona golni qöşib berilgan daqiqalar tugayotganida «Yuventus» hujumçisi Paulo Dibala urdi, unga Daniel Rugani töp yetkazib bergandi.
«Napoli» endi 69 oçko bilan turnir jadvalida peşqadamlikni davom ettirmoqda, ammo bu turda «Latsio»ni yenggaç, «Yuventus» neapolliklarga maksimal darajada yaqinlaşib oldi (68 oçko), «Roma» 53 oçko bilan uçinçi örinda, «Latsio» 52 oçkosi bilan uçinçi örinda joylaşgan.
Italiya çempionati
27-tur
Latsio – Yuventus 0:1 (0:0, 0:1)
Gol: 0:1 – 90 Dibala.
Latsio – Strakoşa, Luis Felipe, de Vrey, Radu, Luliç (Murdjia, 90), Parolo, Leyva, Milinkoviç-Saviç, Lukaku, Luis Alberto (Felipe Anderson, 70), Immobile (Kaysedo, 79).
Yuventus – Buffon, Bardzali, Benatiya, Rugani, Lixtştayner (Duglas Kosta, 57), Xedira, Pyaniç, Matyuidi, Asamoa, Mandjukiç (Aleks Sandro, 72), Dibala (Kellini, 90).
Ogohlantirişlar: Luis Alberto (27), Luis Felipe (30), Lixtştayner (45), Aleks Sandro (75), Luliç (88).
Napoli – Roma 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 1:0 – 6 Insine, 1:1 – 7 Under, 1:2 – 26 Djyeko, 1:3 – 73 Djyeko, 1:4 – 79 Perotti, 2:4 – 90 Mertens.
Napoli – Reyna, Xyusay, Albiol, Kulibali, Mariu Ruy, Allan, Jorjino (Milik, 75), Zelinski (Gamşik, 65), Kalexon, Mertens, Insine.












