3 martda Pokiston federal parlamentining yuqori palatasi – Senatga saylovlar yakunlandi. Ovoz beriş natijalari yaqin orada ma'lum qilinadi, deb xabar berdi Geo TV telekanali. 

Senatdagi örinlarga 4 ta viloyat, qabilalar hududlari va Islomoboddan 135 nomzod kuraş olib borgan. Nomzodlardan 20 nafari Pokiston xalq partiyasi, 14 nafari muxolif Muttaxid Kaumi harakati, 13 nafari “Tahrik-i-insof” adolat uçun kuraş harakatini taqdim qildi.  

Pokiston senati Milliy assambleya (parlament quyi palatasi), mahalliy qonunçilik yiğinlari deputatlari tomonidan 6 yilga saylanadi. Senat hammasi bölib 104 a'zodan iborat bölib, ulardan yarmining 11 mart kuni vakolatlari tugaydi. Qolgan 52 nafari öz majburiyatlarini 2021 yilgaça davom ettiradilar. 

Pokiston qonunçiligiga köra, Senat 3 yilda bir marta yangilanadi. Senatda 4 ta viloyat – Balujiston, Xaybar-Paxtunxva, Panjob va Sind 23 tadan, qabilalar hududlari 8 ta, Islomobod 4 tadan öringa ega.