Butunjahon boks seriyalari (WSB) VIII mavsum guruh bosqiçida Amerika mintaqasi jamoalari «Cuba Domadores», «Colombia Heroicos» va «Caciques de Venezuela» jamoalari bilan kuç sinaşayotgan «Uzbek Tigers» jamoasining navbatdagi janglari muddati va manzil aniq böldi.

Endi jamoa guruhdagi 4-tur uçraşuvini safarda Kolumbiya jamoasiga qarşi ötkazadi. Janglar 28 mart kuni Soledad şahridagi arenalardan birida bölib ötişi rejalaştirilgan. Mazkur janglarda jamoalarning C1 guruhi boksçilari özaro kuç sinaşadi.

Bundan taşqari, «Uzbek Tigers» guruhning 5 va 6-turlarini Venesuelaning «Caciques de Venezuela» jamoasiga qarşi ötkazadi. Venesueladagi vaziyat tufayli uşbu jamoalarning har ikki töqnaşuvi ham Özbekistonda bölib ötadi. Unda 10 vazn toifasida C1 hamda C2 guruhi boksçilari ringga çiqadi. Mazkur janglar ikki kun davomida 6-7 aprel kunlari Termiz şahrida ötkazilişi belgilangan.

Ma'lumot uçun, C1 guruhiga 49, 56, 64, 75 va -91kg vazn toifalari kirsa, S2 guruhi 52, 60, 69, 81 va +91kg vazn toifalaridan iborat böladi.

Eslatib ötamiz, hozirgaça «Uzbek Tigers» guruh bosqiçida 3ta jang ötkazib, safarda «Cuba Domadores»ga imkoniyatni boy bergan (5:0) bölsa, öz maydonida kubaliklardan revanş olgandi (4:1). Şuningdek, «Colombia Heroicos» jamoasiga qarşi janglarda ham jamoa 4:1 hisobida ğalaba qozondi.