AQŞning Anqaradagi elçixonasi 5 mart kuni xavfsizlikka tahdid sababli taşrif buyuruvçilar uçun yopiq böladi. Bu haqda elçixona saytida ma'lum qilingan.  

“Anqaradagi elçixona AQŞ fuqarolarini elçixona 5 mart kuni xavfsizlikka tahdid sababli yopiq bölişidan ogohlantiradi”, deyilgan xabarda.

Elçixona öz işi tiklanişi bilan bu haqda ma'lum qiladi. Bu vaqt içida faqatgina şoşilinç xizmatlar körsatiladi. Ta'kidlanişiça, öğrilangan pasportlar va notarial xizmatlarga taalluqli masalalar şoşilinç hisoblanmaydi. Viza oliş uçun suhbat ötkaziş va boşqa belgilangan tadbirlar bekor qilingan.