Surxondaryo viloyatida qorilar musobaqasining viloyat bosqiçini ötkaziş böyiça taşkiliy işlarga yordam beriş uçun Toşkent şahridagi «Mirza Yusuf» (Bodomzor) jome masjidi va Mehrob.uz ijodiy jamoasi 2018 yilning 25 fevral – 1 mart kunlari Surxon vohasida safarda böldi.   

Surxon vohasiga şeriklarimiz bilan tunda, yengil maşinada yölga otlandik. Borgunça Toşkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Qaşqadaryo viloyatlaridan ötiladi. Qaşqadaryo vohasi, uning qadimiy Nasaf va Keş şaharlari dovruği butun dunyoga yoyilgan olimu fuzalolarga beşik bölgan. Manbalarda birgina Keş şahrida VII–XII asrlarda 60 dan ortiq muhaddis, mufassir, faqih va tarixçi olimlar yetişib çiqqani tilga olinadi.

26 fevral kuni tong saharda – soat 04:26 da Şahrisabzdan, qadimiy Keş şahridan ötib boryapmiz. Hali şahar uyquda, yölda maşinalar juda kam.

Yöl çarçoğidan qattiq uyquga ketgan şeriklarimiz endi uyğona boşlaganda yöl çetida oppoq kiyimdagi bir nuroniy otaxonga közimiz tuşdi. «U kişini ham olib ketaylik» deb Kamoliddin hoji aytdi, töxtagunimizça ança nariga ötib ketibmiz. Orqaga qaytib, yonlarida töxtadik. Eşikni oçib, salom berdik, «Tong yorişmasdan qayoqqa ketyapsiz, otaxon?» deb maşinaga taklif qildik. Otaxonning javoblari biz uçun bir umrlik dars böldi. Oq yaktak kiygan, saksondan oşgan bu nuroniy hoji buva bomdod namozini öqiş uçun masjidga ketayotgan ekanlar. Közlarimiz quvonib, otaxondan söradik:

– Otaxon, masjidda bomdod soat neçida öqiladi? Hali erta emasmi?
– Borganimça bomdod vaqti böladi-da, bolam.

Rostdan ham, otaxon bilan suhbatlaşib, yetti-sakkiz çaqirim yöl yurganimizdan keyingina masjidga yetib keldik. Buni qarang, otaxon qişin-yozin, har kuni bir yarim, ikki soat piyoda yurib, bomdod namoziga mana şu masjidga kelar ekanlar. 

Nuroniy otaxon barçamizni duo qilib, xayrlaşib qoldilar.

Biz esa ikki soatdan söng Ğuzor tumanidagi «Musofir ota» jome masjidida bomdod namozini öqidik.

Yölda ketar ekanmiz, könglimdan şunday fikrlar ötdi: «Biz uyimizning yonginasidagi masjidga bomdod namoziga çiqmaymiz. Vaholanki, nahorda oş bölsa, şaharning narigi çekkasiga ham yetib boramiz. Iloyo barçamizga şu otaxondagi ixlosu himmat nasib qilsin...».

Bahodir Muhammad