Joriy hafta oxirida AQŞning şimoli-şarqiga yopirilgan böron vaqtida AQŞning asosçisi va birinçi prezidenti Jorj Vaşington tomonidan 227 yil avval ötqazilgan kanada tsugasiga (ignabargli daraxt) şikast yetdi. Bu haqda uşbu daraxt ösgan, Vaşingtonning Virjiniya ştatidagi Maunt-Vernon makonining Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilingan.
Natijada serşox daraxt singan va undan bir neça metr keladigan tanasigina qolgan. Şuningdek, kuçli şamol vaqtida Vaşingtonning qabri yonida ekilgan Virjiniya kedri ham singan.

Vaşington ötqazgan daraxt unga Nyu-York gubernatori Jorj Klinton tomonidan sovğa qilingan bölgan.
Maunt-Vernon makoni Potomak daryosi sohilida, AQŞ poytaxti Vaşingtondan 24 km janubda joylaşgan. Makon hududida ikki qavatli bino, otxona, boğlar mavjud. Vaşington uşbu makonga prezident lavozimini tark etgaç qaytib kelgan va u yerda 1799 yilda vafot etgan. U va uning rafiqasi Marta ular yaşagan uy yaqinida dafn qilinganlar.

AQŞ şimoli-şarqidagi böron şuningdek 8 kişining hayotiga zomin böldi. Ularning barçasi qulagan daraxtlar ostida qolganlar. Oxirgi ma'lumotlarga köra, 13 ta ştatda yaşovçi 2 mln kişi elektr ta'minotisiz qolgan. Hozirda AQŞning şarqiy sohilidagi şamol tin olib, böron Atlantika tomon yönalmoqda.



















