3 mart kuni Urganç şahridagi Faxriddin Ar-Roziy madrasasining "Tahfizul Qur'on" guruhida öqiyotgan talaba Abdurrahmon qori Mamadaliyev musobaqaga tayyorlaniş jarayonida 30 pora Qur'oni karimni bir kunda, bir ötirişda (namozga, taomlanişga, tahoratga çiqişlar mustasno) yoddan ustozlari Tolibjon va Muhammadsiddiq domlalarga luqma olmasdan öqib berdi. Bu haqda madrasa mudarrisi Ne'matullo qori Aminjon eşon ma'lum qildi, deyiladi Azon.uz saytida.
Mudarrisning qayd etişiça, bu yaqin yuz yilda Xorazmda kuzatilmagan holat bölsa ajab emas. Sababi Xorazmning qadim Xiva madrasasida öqigan sönggi talaba qorilaridan Nurullo qori buva Xiva xonining oldida öttiz porani öqib berganini vafotlaridan oldin dadam bilan duolarini olgani borganimizda (bir senga qori buvani duolarini olib beray deb bundan yigirma beş yillarça oldin, oborgandilar) gapirib berganlar, (100 yoşlarga kirib vafot etgandilar) u paytlari madrasani tugatib qori bölgan talabalar xonni oldida ustoziga öqib berib imtihondan ötar ekanlar.
Prezident taşabbusi bilan ötayotgan Qur'on musobaqasiga nafaqat Xorazm, balki yurtimizning barça göşalarida musobaqaga tayyorlanayotgan qançadan-qança yigit va qizlar tunu kun Qur'on öqib, yurtga barakotlar yoğilişiga sabab bölişyapti.
Endi yurtimizdagi şu musobaqaga tayyorlanib, Qur'on öqiyotgan minglagan Qorilarning Qur'oni sababidan, yurtimizga qançadan qança Allohning rahmati va barakotlari yoğilayotganini, sakiyna va fariştalar tuşayotganini, savoblar, yaxşiliklar tuşayotganini bir tasavvur qilib köring. Kim bir ezgu işni birinçi bölib boşlasa yoki taşabbus qilib sababçi bölsa, öşa savobli işni qilganlarga qança savob berilayotgan bölsa, Alloh taolo u işni boşlab bergan yo taşabbus körsatgan insonga ham heç qanday kamaytirilmasdan öşa savobdan nomai a'moliga savob yozdirar ekan. Ilohim, bunday musobaqalar bardavom bölaversin, deya sözini yakunlaydi madrasa mudarrisi Ne'matullo qori Aminjon eşon.












