Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2017 yil 18 aprel kunidagi 2898-sonli «Içki işlar organlarning jinoyatlarni tergov qiliş sohasidagi faoliyatini tubdan  takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori 6-bandi hamda Özbekiston Respublikasi Içki işlar vaziri örinbosari polkovnik A.Boboxonovning 2017 yil 30 dekabr kunidagi 18/42-sonli  körsatmasi talablari ijrosini ta'minlaş maqsadida Qaşqadaryo viloyati Içki işlar boşqarmasi huzuridagi Tergov boşqarmasida voyaga yetmaganlarni audio- va video qayd etiş tizimlari bilan jihozlangan kompleks namunaviy maxsus xonalar taşkil  etildi. Ular töliq zamonaviy moddiy texnik ba'zalari bilan ta'minlandi. 

Bu ilğor xorijiy tajribalarni örganiş asosida  qonunçilikni hamda voyaga yetmaganlar bilan boğliq jinoyat işlarini tergov qiliş va körib çiqiş  uslubiyatini yanada takomillaştiriş, tergov faoliyatida zamonaviy axborot  kommunikatsiya texnalogiyalaridan foydalanişni kengaytirişdan iborat.  Voyaga yetmaganlarni tergov qiliş xonasini Tergov boşqarmasida taşkil etilişi asosiy protsessual harakatlarni video qayd etiş dalillarini töplaş va  mustahkamlaşda qonuniylik va xolislikni ta'minlaşga qaratilgan muhim  yangiliklardan hisoblanadi. 

Eng muhimi voyaga yetmaganlarni söroq qiliş, ular bilan boğliq tergov harakatlarni ötkaziş jarayonida bu maxsus xonada voyaga yetmagan şaxs özini erkin tutişi, uni ruhiyatiga ta'sir körsatadigan omillarning mavjud emasligi, işga aloqador holatlar böyiça öziga ma'lum bölgan holatlarni erkin sözlab beriş uçun barça imkoniyat va şaroitlar yaratilib foydalanişga topşirildi.