16 fevral kuni Qaşqadaryo viloyat IIB binosida elektrenergiya ta'minotidagi uziliş tufayli deyarli 7 soat içida fuqarolarga tegişli xizmat körsatilmadi. Bu haqda Qaşqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati Kun.uz'ga ma'lum qildi.
Gap şundaki, Kun.uz öquvçisi yöllagan murojaat 16 fevral kuni Qaşqadaryo viloyat migratsiya boşqarmasida vaqtini navbat kutiş bilan yöqotgan, keyin energiya yöqligi tufayli xorijga çiqiş pasporti uçun rasmga tuşolmagani holati tasvirlangan.
Kun.uz saytining telegramdagi kanalida e'lon qilingan Qaşqadaryo viloyat IIB MvaFRBning iş faoliyati yuzasidan bildirilgan fuqaro murojaatiga nisbatan viloyat içki işlar boşqarmasi tomonidan raddiya bildirildi.
«2019 yil 17 fevral kuni Kun.uz saytida «Suratga tuşiş uçun bir kun sarflagan fuqaro» sarlavhasi bilan Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi fuqaro tomonidan Qaşqadaryo viloyat IIB MvaFRBning iş faoliyatidan noroziligi bayon qilingan.
Fuqaro öz murojaatida ayrim holatlarni börttirib körsatgan bölib, u tomonidan bildirilgan holatlarni Kun.uz'ning öquvçilari notöğri tuşunişlari oldini oliş maqsadida Qaşqadaryo viloyat IIB Matbuot xizmati quyidagi mazmunda raddiya bildiradi.
2018 yil 16 fevral kuni Qaşqadaryo viloyat IIB MvaFRB belgilangan tartibda öz iş faoliyatini taşkil qilib, şu kuni fuqarolarga navbat bilan xizmat körsatiş tizimi asnosida xorijga çiqiş uçun beriladigan pasport oliş uçun kelgan fuqarolarni fotosuratga oliş bilan boğliq jarayonni taşkil etişi davomida mahalliy vaqt bilan soat 13:50da «Qaşqadaryo hududiy elektr tarmoqlari» AJ tomonidan yetkazib beriladigan elektr ta'minotida jiddiy şikastlaniş yuzaga kelişi natijada MvaFRB elektr ta'minotsiz qolgan.
Mazkur holat bevosita 2019 yil 18 fevral kuni «Qaşqadaryo XET» AJ tomonidan berilgan №12/2092 raqamli xati bilan tasdiqlanadi. Unda «16.02.2019 yil soat 13:50da Şimoliy-35/6kV podstansiyasidan çiquvçi 6 kVli «Şahar-2» havo elektr uzatiş tarmoği MTZ himoyasidan avariyali holatda öçdi. Elektr tarmoğidagi nosozlik bartaraf etilganidan söng elektr tarmoğiga soat 18:24da kuçlaniş berildi», deb bayon qilingan.
Şuningdek, fuqaro öz murojaatida internet tarmoği orqali ijaraga beriladigan dvijok qidirganini bayon qilib ötgan», ─ deyiladi raddiyada.
Ma'lum qilinişiça, viloyat MvaFRBda dvijok mavjud bölib, fuqarolarni fotosuratga tuşiriş uçun möljallangan uskunalarni işlatiş uçun özgaruvçan xususiyatga ega bölgan doimiy elektr ta'minoti kerakligi tufayli bunday holatda uskuna dvijokka ulangan taqdirda mazkur uskuna nosoz holatga kelişi mumkin.
















