Qaşqadaryo viloyat Içki işlar boşqarmasiga qaraşli yangi taşkil etilgan bölim va bölinmalar boşliqlariga 10 ta yangi avtotrasport vositalari topşirildi. Bu xayrli taşabbus IIV tomonidan amalga oşirildi, deb xabar bermoqda Kun.uz’ga Qaşqadaryo viloyat IIB matbuot xizmati.
Bu borada «Içki işlar organlari töğrisida»gi qonun va prezidentning «Içki işlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oşiriş, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini işonçli himoya qilişni ta'minlaşda ularning mas'uliyatini kuçaytiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni dasturilamal bölib xizmat qilmoqda.
Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida ötgan qisqa davr mobaynida içki işlar organlarida köplab samali işlar amalga oşirildi. Xususan, içki işlar organlarining ma'muriy va yordamçi bino va inşootlari mukammal ta'mirdan çiqarildi, yangidan qurilib foydalanişga topşirildi.

Imtiyozli şartlar asosida turar joylar, profilaktika xizmati xodimlari uçun xizmat uylari qurildi. Şuningdek, imtiyozli kreditlar asosida şaxsiy avtotransport vositalari oliş tartibi yölga qöyildi. Içki işlar organlari zamonaviy axborot komunikatsiya texnologiyalari bilan bosqiçma-bosqiç ta'minlab kelinmoqda.
Qarşi şahridagi «Vatanparvarlar» boğida ötkazilgan tantanali tadbir davomida ta'kidlanganidek, içki işlar organlari barça darajadagi bölinmalarining vazifa va funksiyalarini aniq belgilaş hamda taqsimlaş, taşkiliy-ştat tuzilmasini maqbullaştiriş, kuç va vositalardan oqilona foydalaniş yölida bugungi kunda mutlaqo yangiça tizim amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Ya'ni, içki işlar organlarining markazlaşgan boşqaruv tizimidan voz keçilib, joylarda, tumanlar markazlaridan uzoqda joylaşgan eng çekka aholi punktlarida içki işlar bölim va bölinmalari faoliyati yölga qöyildi. Uşbu bölim va bölinmalar aholi manfaatlariga xizmat qilib, içki işlar organlari oldiga qöyilgan har qanday vazifalarni bajarişga qodir davlat organi sifatida şakllanmoqda.
— Içki işlar tizimini yanada rivojlantiriş va har tomonlama qöllab-quvvatlaş borasida amalga oşirilayotgan işlardan biz soha xodimlari juda mamnunmiz, — deydi Qarşi şahri böyiça içki işlar organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş boşqarmasi 1-son içki işlar bölimi boşliği, podpolkovnik Oybek Törayev. — Uşbu yangi xizmat avtomaşinalari uzoq vaqt davomida tezkor-tergov guruhlarini zudlik bilan voqea joyiga yetkazib olib boriş va içki işlar organlari oldiga qöyilgan boşqa xizmat vazifalarining öz vaqtida bajarilişini ta'minlanişida muhim ahamiyat kasb etadi.
















