Leo! (Men seni şunday atayman. Keyinçalik sen haqingda nimalar gapirişmasin, özga sayyoralik degan ta'riflarni-da işlatişmasin, men seni yoşligingda buvimiz qanday erkalagan bölsa, şunday atayman: Leo!) Dadangning soatiga bir qarab qöy-çi, tungi soat 11 ga yaqinlaşib qolibdi-ya? Qörqyapsanmi samolyotdan? Qörqma, umring osmonda ötib ketadi hali. Hozir uçayotganing çinakam osmonda ham, futbol maydonidagi majoziy osmonda ham. Deyarli har kuni samolyotga çiqasan. Qörqma, hozirdan örgan!
Dadangning soatida agar yil, oy, kun körsatayotgan bölsa, bugungi kuningni, ya'ni 2000 yilning 17 sentabrini unutmasliging turgan gap. Sen hozir bobolaring yurti bölmiş Kataloniyaga ketyapsan.
Böying borasidagi ğalati kasalliging borligi aytilganida, “River Pleyt” klubi rahbarlari har oy 900 dollar tölaşga qurbi yetmaganini eşitib, uydagilaring xafa bölib qolişgandi. Köryapsanmi, Argentina jamoasining tölay olmagani Ispaniya safariga sabab bölmoqda. Sen öşanda ham ranjimaganding, tuşunmaganding oçiği. Osmon köm-kökmi, Leo? Töğri qilasan köp narsani öylamay. Nima bölsa böldi, deb ketayotganingni bilaman, esimda hanuz.
Leo, hozir samolyot qönadi va otang bilan birgalikda “Barselona” klubi sport direktori Karles Reşak huzuriga yöl olasizlar. U sizlarni darhol qabul qilmaydi. Otang oxirgi sigaretasini çekib, diqqinafas böladi. Sen unga e'tibor berma, u Argentinaga qaytişni istamayotganidan yo sening futbolçi bölmay qolişingdan çöçiyotganidan emas, azbaroyi seni davolaşni öylab, şu sigaretlarni tutatib taşlaydi. Aslida sen 13 yoşga kirib köp narsani bilib bölding: Sening futbolçi bölişingni uyingdagilardan faqat buving istagan. Hali har gol urganingda uni eslaysan, gollaringni unga bağişlab körsatkiç barmoğingni osmonga qadab nişonlaysan. Hozir özing samolyotda osmonda ketyapsanu, buving ham yoningda uçib ketayotgandek tasavvur miyangda.
Leo, Reşak yomon odam emas. Sizlarni kuttirib qöyganiga yaraşa, keyin sening jamoaga ötişing uçun bor imkoniyatini işga soladi. 3 oktabr kuni klub direktorlari kengaşini uçta narsaga köndiradi: Oilang Yevropaga köçib keladi, davolanişingga ketadigan pullar tölanadi va sen ertasigayoq klub akademiyasiga qabul qilinasan. U sening öyiningga mahliyo bölib qoladi, körasan.
“Barselona” seni öziga rom etadi. Sen undagi muhitga juda tez könikasan. Örtoqlar orttirasan va bir neça yil ötib, sen bu diyorning farzandi ekaningni-da sezib qolasan. Işonaver, hatto Argentina ham senga undan yaqin tuyulmaydi. Sen katalon tilida yozib qöyilgan bir yozuvga uzoq tikilib qolasan hali: unda “Klubdan-da ustunroq!” deb yozib qöyilgan böladi. Ispaniyalik örtoqlaringdan biri senga bu yozuvni otasi aytgandek tuşuntirib beradi: “Bizning Barselona boşqa jamoalardan farq qiladi. Biz oilamiz...”.
Mavzuga oid
Senga oila degan söz boşqaçaroq eşitiladi. Lekin atrofga termulsang, hammasi dösting aytganidek bir oila yaşayotgandek qurilgan. Elas-elas eslaydiganing – “Nyuells old Boyz” jamoasi muhiti bilan taqqoslab körasanu, Argentinada, Rosarioda bunaqa ahil jamoani körmaganingni tan olasan.
17 yoşingda “Barselona”ning yoşlar jamoasida ilk öyiningni ötkazasan. Bitta uçraşuvda törtta gol urib töğri qilasan. Senga keyinçalik aslida dösting bölmagan döstlaring “bekor qilding özingni körsatib, hali seni himoyaçilar sindirib qöyişmasa edi”, deyişganida, işonma gaplariga. Senga Xudo kasallik bergani evaziga jarohatdan qutulib qoliş uçun futbolçilarda kam uçraydigan jussa ham bergan. Sen boşqa fint egalariga öxşab jarohat olsang-da, juda tez tuzalib ketasan. Kutilgan muddatidan oldin qaytaverasan. Şuning uçun öşa ilk uçraşuvingda qörqmasdan gollaringni qalaştirib taşlayver, hozirdanoq özingni körsatib qöy.
Leo, sening La-ligadagi ilk debyuting “Espanol”ga qarşi keçadi. Bilib qöy, bu jamoa nomi bilan ham Ispaniya poytaxtidan Kataloniyaga qöyilgan ayğoqçilar klubi. Sen bu jamoani yaxşilab tanib ol, har Kataloniya derbisida ularni qiynaşing kerak. Dastlabki öyiningda qiynalasan, gol ura olmaysan, lekin xotirjam böl. Hali hammasi oldinda. Özi, senga gol haqida köp gapirib yuborayotganimga e'tibor berma, balki men hali öynab ketsam ham katta gap, deb ötirgandirsan samolyotda. Yöq, yöq, sen issiqqina kofeni xöplab meni eşitib ketaver: Gol degan söz sening döstingga aylanadi. Gol deganda seni tuşunadigan bölişadi odamlar. Kofeni xotirjam içayotganingdan sezyapmanki, gaplarimga işonmayapsan. Mayli, özing bilasan.
Qayerga kelgandim? Ha-a, ilk golingga. Sen La-ligadagi debyut öyiningni 2004 yilning oktabrida ötkazganingdan deyarli bir yil ötib, 2005 yilning 1 may kuni “Albasete” klubi darvozasiga birinçi golingni yöllaysan. Sen şu goling bilanoq rekord qayd etasan: Kataloniya klubining eng yoş gol urgan futbolçisiga aylanasan. Rekord degan sözni tuşunmayapsanmi? Leo, u sening ikkinçi örtoğingga aylanadi. Katta bölganingda tuşunib olasan, içaver kofeni, içaver.
2005 yil sen uçun unutilmas yil bölib qoladi. Ön yildan buyon sen öynayotgan jamoa Yevropa çempionlar Ligasi finaliga bora olmasdi. Poyqadaming yoqqanidan kataloniyaliklar musobaqani yutib olişadi. Albatta, turnirning final bahsi 2006 yili ötkazilgan. Jarohating tufayli finalni ötkazib yuborasan, öşanda bir çetda jimgina yiğlab turganing hamon esimda. Sen öşanda iç-içingdan öylaysanki, hali qaçon yana şunaqa imkoniyat beriladi. Eh Leo, finallardan zerikib ketasan hali.
Leo, yoşlar örtasidagi jahon çempionatini yengib kelayotganingda ham sen Barselonani soğinasan, işonaver. Ğalati tuyğu – ikkinçi vataning tuğilgan diyoringdan ham ötib ketsa, buni nima deb ataşni-da bilmay qolarkansan. 2006/2007 yilgi mavsum ösa boşlaysan. Böying emas, öyining. Öşa yili sen Barselonani nima uçun yaxşi körişing kerakligini, bu yerdagilar nima uçun oila bölib yaşaşga majbur bölganlarini tuşunib yetasan. La-liganing bezagi bölmiş el klasiko borligi uçun.
Mavsumning eng şiddatli öyiniga seni tayyorlaş uçun Frank Raykaard bir gap aytadi hali: “Leo, bugun seni asosiy tarkibda tuşiraman. Öylaymanki, Madridni bir özing tinçitasan!”. Bu sehrli sözlarni söylar ekan, golland juda-a-a jiddiy olmagandi. Sening hazilni köp-da tuşunmasliging şu yerda asqatadi. Bu gapni rost deb bilasan, buyruq fe'lida qabul qilasan va 3:3 bilan tugagan öyinda xet-trik yöllaysan. Öşa kundan boşlab “messimaniya” degan söz gazetalar sahifasini bezaydi.
Leo, töğri, gaplarimning davomini umuman tuşuna olmayapsan, axir, Argentinaga tuzalib qaytiş rejasi bilan çiqib ketgan ota-bola kelajakning bu maktubini qabul qila olmaydi. Ammo sening xotirjam ketayotganing menga yoqyapti. Hamişa yoqqan. Sen tabiatan şunaqasan. Boşqaça reaksiyani bilmaysan. Balkim öta hissiyotli bölsang, qayerdadir qoqilib qolarmiding, yöq, sen şu maktubni ham jimgina eşitib ketyapsan. Esingda qolmagan buvingning ertaklarini tinglab boryapsan göyo.
Xullas, Leo, senga gol degan sözni tuşuntirib berdimu, uning sen bilan sinonimga aylanib ketganini qabul qildira olmadim, rekord degan yangi sözni eşittirdim, biroq, u ham sening maslaging ekani qoronğuligiça qolib ketdi. El klasiko haqida ham gapni boşladimu, uyoğini qanday tuşuntirişni bilmayapman. Leo, sen “Real” va “Barsa” iştirokidagi öyinlarning boş qahramoniga aylanib ketasan. Ayniqsa, poytaxtdagi “Santyago Bernabeu” stadioni sening maşğulot ötkazadigan öyingohingga aylanadi. Yana qara-a-ab turibsan-a, aytdimku, eşitib ketaver, sendan nima ketdi?!
Hozir, asr endi boşlangan sanada sen samolyot içida Kataloniya sari uçib ketyapsanu, Parijda braziliyalik yulduz porlamoqda. Ronaldino degan. U sening akangga aylanadi hali. Barselonaga kelganingda seni yaxşi qarşi oladi. Sen uning fintlariga mahliyo bölib qolasan. U sening ilk golingga asissent ham böladi. Ammo tayyor tur, qismat aynan sen deb Ronaldinoni Barselonadan ketkazib yuboradi. Yöq, yöq, bu masalada sening zarraça aybing bölmaydi, braziliyalik afsona öziga özi qiladi. Aytmoqçimanki, sen undan futboldagi sehrgarligini örgansang ham, xarakterini aslo va aslo örganma. Hayotiga taqlid qilma. Senga yaraşmaydi va sen u hayotni eplay olmaysan ham.
Leo, 2007 yilning eng yaxşi futbolçilari içida uçtalikda turganingda rosa hayajonlanasan, aytib qöyay. Çunki “Oltin töp”ni boşqa odam olayotgan bölsa-da, sen uning yonginasida turiş baxtiga muyassar bölganingni futbolning eng katta mukofoti, deb bilasan. Lekin senga hayajonlanmaslikni, xuddi hozir kofeni içayotganing kabi e'tiborsiz turişingni tavsiya etaman. Zotan, sen şu “Oltin töp”ni olaverib zerikib ham ketasan. Kelajakda tuğiladigan öğillaringga öyinçoq olib kelgandek olaverasan.
Sen yaxşisi, öşa ilk taklif qilingan marosimingda “Oltin töp”ni olib turgan yigitga emas, uning yonida bu natijadan noroziroq turgan böydor yigitga e'tibor ber köproq. U Kataloniya safaridagi eng asosiy raqibing böladi. Uning Angliyada yurganidan xomtama bölma, u hali sening yoningga kelib oladi. Iqtidorini soat sayin östiradi va sening bir zum bölsin töxtaşingga yöl qöymaydi. Seni Xudo şu yigit bilan kuraş maydoniga olib çiqadi. Işonaver, agar u şu davrda, sen bilan yelkama-yelka kuraşmaganida, akangga aylangan Ronaldinoga öxşab örta yölda töxtab qolarding. U seni tinmasdan gollar urişga taklif etaveradi. Bir neça marta yiqilsa ham, kuraşga töymaydi. Xafa bölmaginu, uning qarşiligiga har doim ham turib bera olmaysan. 2007 yili ilk bora seni taklif qilişgan saroyga ön yil davomida qatnaysan desam qörqib ketma. Kofe tugadimi, tikilib qolding, böldi, aytyapmanku, xuddi ertak eşitgandek ketaver, böldi!
Leo, öylab qarasam, bu maktubni şu zaylda davom ettirsam, umuman işonmay qolarkansan. Yaxşisi, senga tez-tez, böladigan voqealarni sanab ötay:
Sen Pele degan öyinçining 1000 dan köp gol urganini eşitgansan, ammo özing ham unga yaqinlaşişni öylab körganmisan? Böldi, böldi, boşqa gapirmayman. Bu gapni kötara olmasligingni bilardim. Boşqa narsani aytaman yaxşisi: Sening Barselonadagi yutuqlaring qörqinçli darajaga çiqib ketsa-da, odamlar tuğilgan niqobning libosida şunga yaraşa natijalar körişmaganidan, yoşligingda otang rosa maqtagani – Maradona bilan qiyoslanişing muşkullaşadi. Yoşlar örtasidagi mundial çempionligi bilan olimpiadadagi ğoliblik nima böladi, demoqçisanmi? Buni eslamaydilar ham.
Sendan milliy terma jamoa tarkibida kattaroq natija söraydilar. Juda oğir kunlar böladi, penaltilar qurboni bölasan, mundialda yengilasan, hozir uçib ketayotganing – Kataloniyaga borib klubing libosini kiya turib, unga Argentinadagi muvaffaqiyatsizliklar sababidan közingga kelgan yoşni artasan. Alam qiladi, bir kam dunyomi, deysan.
Yöq, Leo, sen taslim bölmaslikka ham örganişing kerak. Men senga 2018 yilga qadar qölga kiritgan yutuqlaringni aytib ötdim, xolos. Köpiga tuşuna olmading ham, har holda, his qilsang kötara oladigan gaplar edi. Lekin 2018 yilning saratonida sodir bölgan voqealarni yozmaslikka qaror qildim. Çunki hozirgina styuardessa olib kelgan kofeni tuşirib yuborişing, dadang bu qilgan işingdan xafa bölişi mumkin.
Undan köra, sen samolyotdan taşqariga qara! Rosa köp yulduzlar körinyaptimi? Ular seni qurşab turişibdi, töğrimi? Ha-da, ular sen ham bir kuni yulduz bölişingni bilişadi. Kulib, qöl siltab turişganining sababi ham şu. Biz bilan qol, deyişyapti ular. Sen ularga ayt: “Yulduzlar, men sizlar bilan birga qolişim uçun yerga tuşib 20 yilça töp tepişim kerak... Maylimi?!”.
Qara, şu gapni aytişing bilanoq, samolyot pastga şönğiy boşladi. Çiroqlar körinayotgan şaharni tanişing turgan gap, u sening ikkinçi vataning, axir.
Leo, oxirgi gapimni eslab qol: haligi birinçi öyiningda asli döst bölmagan döstlaringning gapiga işonib yurma tağin, törtta golni xotirjam uraver! Heç kim sindira olmaydi seni, gapiraverişadi...
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi