Meksikalik rejissyor Gilermo del Toroning “Suv şakli” filmi 2018 yilgi “Oskar” mukofotining “Eng yaxşi filmi” yönalişida ğolib böldi.
Film nogiron ayol va maxfiy laboratoriyada hosil qilingan mahluq-amfibiyaning muhabbati haqidagi film bölib, undagi voqealar 1960-yillarda keçadi.
Film 13 ta yönaliş böyiça sovrin olişga da'vogarlik qildi va bu borada qolgan filmlar örtasida yetakçi böldi. Film boş sovrindan taşqari, rejissura, original saundtrek va rassom-postanovkaçilar işi uçun ”Oskar”lar bilan taqdirlandi
Ğolib nomini ötgan yildagidek kabi Fey Danauey va Uorren Bitti e'lon qildilar. Bu safar hammasi köngildagidek ötdi. Ötgan yil ularga notöğri konvert berilib, ular ğolib “Oy şu'lasi” filmi örniga “La-La-Lend” filmini ğolib sifatida e'lon qilişgandi.
Boş sovringa, şuningdek, “Nari ket”, “Byord xonim", “Körinmas rişta”, “Qoronği davrlar”, “Ebbing çegarasida uç bilbord”, “Meni öz isming bila ata”, “Dyunkerk" va "Maxfiy iş" filmlari da'vogarlik qilgandi.
Barça sovrinlar quyidagiça taqsimlandi:
Eng yaxşi film – “Suv şakli”
Eng yaxşi rejissyor – Gilermo del Toro (“Suv şakli”).
Eng yaxşi aktyor – Geri Oldmen (“Qoronği davrlar”).
Eng yaxşi aktrisa – Frensis Makdormand (“Ebbing çegarasidagi uç bilbord”).
Ikkinçi plandagi eng yaxşi erkak rol ijroçisi – Sem Rokuell (“Ebbing çegarasidagi uç bilbord”).
Ikkinçi plandagi eng yaxşi ayol rol ijroçisi – Ellison Jyenni (“Tonya barçaga qarşi”).
Eng yaxşi operatorlik işi – Rojyer Dikins (“Tiğ böylab yuguruvçi 2049”).
Eng yaxşi rassom-postanovkaçi işi – “Suv şakli”.
Eng yaxşi qöşiq – Remember me qöşiği (“Koko siri”).












