“Oskar” kinomukofotlari taqdimotining boş mukofotlari öz egalariga topşirildi.
Jumladan, “Eng yaxşi aktyor” yönalişida “Oskar” aktyor Geri Oldmenga “Qoronği davrlar” filmidagi Uinston Çerçill roli uçun taqdim qilindi.

Uşbu yönalişdagi mukofotga quyidagi aktyorlar nomzodlari ham qöyilgan edi: Timoti Şalame (“Meni öz isming bilan ata”), Deniyel Dey-Lyuis (“Körinmas rişta”), Deniyel Kaluya (“Nari ket”) va Denzel Vaşington (“Roman Izrael, Esq.”).
“Eng yaxşi aktrisa” yönalişida “Oskar” Frensis Makdormandga “Ebbing çegarasidagi uç bilbord” filmidagi roli uçun nasib qildi.

Uşbu mukofot uçun şuningdek quyidagi aktrisalar kuraş olib borgandilar: Salli Xokins (“Suv şakli”), Sirşa Ronan (“Byord xonim”), Meril Strip («Maxfiy hujjat”) va Margo Robbi (“Tonya barçaga qarşi”).
Şuningdek, “Eng yaxşi rejissura” uçun mukofot “Suv şakli” filmi rejissyori Gilermo del Toroga topşirildi.

Unga bu yönalişda quyidagi nomzodlar raqiblik qilişgandi: Kristofer Nolan (“Dyunkerk”), Jordan Pil (“Nari ket”), Greta Gervig (“Byord xonim”) va Pol Tomas Anderson («Körinmas rişta”).











