Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Papua-Yangi Gvineyadagi zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni 80 nafarga yetdi
O‘tgan haftada Papua-Yangi Gvineyada ro‘y bergan 7,5 magnitudali kuchli zilzila natijasida halok bo‘lganlar soni kamida 80 kishiga yetdi. Radio New Zealand Qizil Xoch ma'lumotlariga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Papua-Yangi Gvineyada qayd etilgan zilzila markazi Porger shahrining janubi-g‘arbidan 89 kilometr narida bo‘lgan. Bundan avval 30 kishining o‘limi haqida xabar berilgan edi.
Yer silkinishidan jabr ko‘rgan provinsiya gubernatori Xela Filip Undialuning ma'lum qilishicha, mahalliy hukumatlar chekka tumanlargacha yetib borishga muvaffaq bo‘lishgan.
Kuni kecha Papua-Yangi Gvineya hududida 6,0 magnitudali yangi yer osti silkinishlari qayd etilgan.
Undialuning so‘zlariga ko‘ra, kuchli aftershoklar tabiiy ofatdan jabrlangan hududlardagi vaziyatni yanada yomonlashtirgan va yangi qurbonlarni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
16:10 / 13.03.2026
Ukrainada Rossiya o‘qqa tutishi oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
00:41 / 06.12.2024
AQShda 7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
13:51 / 23.11.2024
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi
21:47 / 17.11.2024