O‘zbekiston boks terma jamoasi safida Rio—2016 Olimpiadasi sovrindori bo‘lgan Shahram G‘iyosov hamda Murod Ahmadaliyev ayni vaqtda AQShda bo‘lib turishibdi.

«Kun.uz» manbasi ma'lum qilishicha, bokschilar 3 mart kuni «Mir boksa» promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma tuzishgan. 

Ular 10 mart kuni Nyu-York shahrida «Kings theatre» arenasida ilk janglarini o‘tkazishadi. 

Shahram G‘iyosovga debyut jangda argentinalik bokschi Nikolas Velaskes raqiblik qiladi, Murodjon Ahmadaliyev ham argentinalik David Pazaga qarshi ringga chiqadi.