Soniyalar ortidan daqiqalar, daqiqalar ortidan soatlar, soatlar ortidan kunlar kelaveradi, ketaveradi. Biz esa kun taşvişi, orzu-niyatlar ortidan çopaveramiz, bir zum bölsa-da tinmaymiz. Umrimiz söngida esa özimiz özimiz sarhisob qilaveramiz. Ana şu damlarda bizga umid beruvçi kuç – yaxşiliklarimizdir.
KUN.UZ sayti orqali Samarqand viloyatining Urgut tumanida yaşovçi fuqarodan kelgan murojaat asosida xayriya aksiyasi e'lon qilingan edi. Unda tumandagi “Öroqböyjar” MFYda yaşovçi Laylo Andaqulovaning töqqiz yoşli farzandi Farida Töxtamişevaning yurak xastaligiga çalingani bayon etilgan.
Urgutlik 9 yoşli Töxtamişeva Faridaning yuragini operatsiya qiliş uçun yordam kerak, yaxşilar!
Maqola e'lon qilingaç, yurak paromining oğir formasi bilan xastalangan qizaloqqa yaxşilik qiluvçilar soni köpaydi. Uning şifo topib, soğlom hayotga qaytişini istaganlar topildi. Faridaning operatsiyasi uçun zarur bölgan bölgan pul miqdori yiğildi. Biz qizaloqdan hol-ahvol söraş uçun poytaxtda joylaşgan akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy xirurgiya markaziga yöl oldik. U yerda salomatligi yaxşi, közlarida kulgu öynab turgan Faridani uçratdik.
- Katta bölsam şifokor bölaman, - deydi qizaloq. – Kasal bölib qolganlarga yordam beraman.

- Bemor Töxamişeva Farida 8 yoşda. 2018 yilning 7 fevral kuni şifoxonamizning tuğma nuqsonli yuraklar bölimiga tez çarçaş, xansiraş, kökariş holatlari bilan yotqizildi. Qizçaning yuragida törtta nuqsoni bor deb taşxis qöyildi. Bu murakkab nuqsoni bor yurak hisoblanadi. biz Faridani operatsiya qildik. Ayni damda qizçaning holati yaxşi, - dedi biz bilan suhbatda şifokor Umid Murodov.

Faridaning onasi Laylo opa şunday deydi: “Men, hayotdan sovugan inson edim. Ammo dunyoda şunday yaxşi insonlar borligini körib, fikrim özgardi, hayotga bölgan qaraşim yangilandi. Qizimga yordam qölini çözgan barçadan minnatdorman. Bizga bor e'tiborlari bilan qaragan barça şifokorlarga ham öz minnatdorligimni bildiraman”.













