Vazirlar Mahkamasining 28.02.2018 yildagi 149-son qarori bilan dizel yonilğisi va EKO dizel yonilğisining yagona çakana narxlariga tegişli özgartirişlar kiritilgani xabar berilgandi.

Ma'lum qilinişiça, 1 martdan boşlab 1 litr dizel yoqilğisi 4 ming 600 söm (12,1 foizga oşgan), EKO dizel yoqilğisining 1 litr uçun narxi esa 4 ming 700 söm etib belgilandi. (11,9 foizga oşgan)

Hujjatda aytilişiça, yuqorida belgilangan narx böyiça dizel yoqilğisini sotiş töğridan-töğri şartnomalar orqali amalga oşiriladi. Şuningdek, qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçilari ham avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçalariga dizel yoqilği barça soliqlar bilan belgilangan yagona narx böyiça yetkazib beriladi.

Norma.uz xabariga köra, fermer xöjaliklariga xizmat körsatuvçi avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatli ijaraga bosqiçma-bosqiç beriladi. Bu davlat-xususiy şeriklik şartlari hamda xususiy şaxslarning qişloq xöjaligi mahsulotlari yetiştiruvçilarga neft mahsulotlarini sotişi asosida amalga oşiriladi. 

Uşbu avtomobillarga yonilği quyiş şoxobçalari fermer xöjaliklariga xizmat körsatiş uçun dizel yonilğisini ularning haqiqiy xarajatlari va rentabellikni ta'minlaşidan kelib çiqqan holda belgilanadigan çegirmalarni hisobga olib, neft bazalari bilan töğridan-töğri şartnomalar böyiça sotib olişlari mumkin böladi.