AQŞ davlat kotibi Reks Tillerson 6 mart kuni Afrikaga ilk safarini boşlaydi. AQŞ diplomatiyasi rahbari 6 martdan 13 martgaça davom etadigan safari davomida Çad, Jibuti, Efiopiya, Keniya va Nigeriyaga taşrif buyuradi.

Tillerson safari davomida Afrika davlatlari yetakçilari bilan terrorçilikka qarşi kuraş, tinçlik va xavfsizlik hamda özaro manfaatli savdo va investitsiyalarni ilgari suriş yöllarini muhokama qilmoqçi.   

Yanvarda Tillerson matbuot anjumanda “Prezident Donald Trampning Afrika davlatlari haqidagi keskin gaplaridan keyin Vaşingtonning bu davlatlar bilan munosabatlari xavf ostida qolmadimi?” degan savolga AQŞ Afrika davlatlari bilan yaxşi munosabatlarni rivojlantirişdan manfaatdorligini aytgan. 

Tramp immigratsiya böyiça senatorlar bilan yiğilişda uçinçi dunyo davlatlarini “sassiq joy” deb atagan. Jumladan, u nutqida Haiti, Salvador, Afrikaning bir qator davlatlarini eslab ötgan. Trampning bu gaplari köplab davlatlar tomonidan tanqidga uçragan.