Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko mamlakatning Özbekistondagi favqulodda va muxtor elçisi lavozimiga Leonid Mariniçni tayinlaş vaqtida Özbekistonda amalga oşirilayotgan islohotlar xususida öz munosabatini bildirib ötdi, deb yozmoqda “Xalq sözi”.

“Biz Özbekistonga nisbatan, haqiqatan ham, töğri va samimiy bölişimiz kerak, çunki u yerda Belarusni juda hurmat qilişadi. Doim hamkorlikka tayyormiz. Özbekiston biz uçun ustuvor davlatdir”, deya alohida ta'kidlagan Belarus Respublikasi prezidenti Aleksandr Lukaşenko.

Belarus yetakçisi ikki mamlakat örtasidagi munosabatlar Şavkat Mirziyoyev prezidentlikka saylanganidan keyin faol rivojlanib borayotganini qayd etdi. Şu bilan birga, “Şavkat Mirziyoyev juda tajribali, iste'dodli, aqlli va uzoqni köra oladigan rahbardir”, deya aytib ötgan.

Öz navbatida, Aleksandr Lukaşenko Şavkat Mirziyoyev bilan bir neça bor uçraşganini bildirib, “U öz mamlakatiga qançalik ezguliklar istayotganini körib turibman. Şavkat Mirziyoyev Belarusni yaxşi şerik deb bilganligi biz uçun ham yaxşilik belgisidir. Biz qisqa vaqt içida juda köp işlarni amalga oşirdik. Şu bois mening yaqin istiqbolda Özbekistonga qiladigan safarim davomida muayyan vaqt içida bajarilgan işlar sarhisobi va munosabatlarimizdagi yangi bosqiç xususida fikr almaşamiz”, deya qayd etgan.

Özbekistonda Belarusda işlab çiqarilayotgan texnikalarga ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, Lukaşenko yangi tayinlangan elçiga mamlakatlarimiz örtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş vazifasini yuklagan.