Nigeriyada yil boşidan beri Lassa bezgagi avj olmoqda, deb xabar beradi «Bi-bi-si».

Lassa bezgagi – ölimga olib keluvçi kasallik bölib, epidemiyani çaqirişi mumkin, hamda ayni damda unga qarşi vaksina yöq. Bu çuqur virusli gemorragik xastalik sanalib, u turli içki a'zolarga zarar yetkazişi hamda qon tomirlarni buzişi mumkin. Ba'zi holatlarda kasallik Ebolaga ham öxşab ketadi – burun, oğiz va tananing boşqa joylaridan qon ketadi.

Ta'kidlanişiça, kasallikning hozirgi tarqalişi kölami va tezligi böyiça avval heç qaçon kuzatilmagan.

Taxminiy hisob-kitoblarga köra, virus tufayli taxminan 90 kişi halok böldi. Nigeriyada yanvar oyidan beri Lassa bezgagiga çalinganlik böyiça 1000 dan ortiq şubhali holat aniqlandi, ulardan 317 tasi tasdiqlandi.