Toşkent şahrining Mirzo Uluğbek tumanida köngilsiz voqea yuz berdi, deb xabar qilmoqda IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi.

Qayd etilişiça, Mirzo Uluğbek tumanida 4 mart kuni soat 20.30larda Böz 2-daha 6-uyda yaşovçi, 1987 yilda tuğilgan T.D. mast holda boşqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomaşinasini Mirzo Uluğbek köçasida haydab ketayotib şu yerda xizmat olib borayotgan Toşkent şahar IIBB YXHB YPX katta inspektori, katta leytenant A.Pölatovni urib yuborgan va şu yerda harakatlanib ketayotgan S.Yu. boşqaruvidagi «Malibu» rusumli va S.A. boşqaruvidagi «Matiz» rusumli avtomaşinalari bilan töqnaşuv sodir etib, yöl çetida töxtab turgan E.J. boşqaruvidagi «Spark» rusumli avtomaşinasiga urilib, töqnaşuv sodir etgan.

Natijada katta leytenant A.Pölatovga kasalxonada tibbiy yordam körsatilgan. Suriştiruv işlari olib borilmoqda.