Joriy yilning 5 mart kuni Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon mamlakat poytaxtidagi «Yoşlikning 50 yilligi» istirohat boği nomini özgartiriş va unga yangi yodgorliklar örnatiş töğrisidagi farmoyişni imzoladi. Bu haqda uşbu mamlakat prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.

Farmoyişga muvofiq, Tojikiston poytaxti hokimi şahar xalq deputatlari majlisiga Duşanbedagi Behzod köçasida joylaşgan istirohat boğining nomini «Nizomiddin Alişer Navoiy» deb qayta nomlaş böyiça taklif kiritişi lozim.

Bundan taşqari, boğda Özbekiston va Tojikiston xalqlari döstligining ramzi sifatida Alişer Navoiy va Abdurahmon Jomiy yodgorliklari örnatiladi.