Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vizasiz kelgan koreyalik ishbilarmon sayyohlar kutib olindi
Foto: O‘zbekiston havo yo‘llari
5 mart kuni Seul-Farg‘ona yo‘nalishi bo‘yicha charter qatnovini bajargan parvoz qilgan «O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasining Boeing 767 havo kemasida mamlakatimizga viza rasmiylashtirmasdan kelgan bir guruh ishbilarmon sayyohlar bilan «Farg‘ona» xalqaro aeroportiga qo‘ndi. Aeroportda sayyohlarni Farg‘ona viloyati hokimiyati, Milliy aviakompaniya va O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish Davlat qo‘mitasi xodimlari OAV vakillari bilan birgalikda karnay-surnay sadolari ostida kutib olindi.
Koreya Respublikasi delegatsiyasi rahbari, Evergreen Motors Group kompaniyasi boshlig‘i Chang Keon Kim o‘zbek uchuvchilarining yuksak mahoratini alohida qayd etib, parvozning muvaffaqiyatli kechganini ta'kidladi. Shuningdek, MAK havo kemasi sahnida va aeroportda taqdim etilgan xizmatlar yuqori darajadaligini, o‘zbek xalqi o‘z mehmondo‘stligi bilan ajralib turilishini aytib o‘tdi.
O‘zbekistonga vizasiz to‘rt kunlik safar bilan kelgan sayyohlar avvaliga Farg‘onada joylashgan Qo‘qon ochiq iqtisodiy zonasiga, Indorama Kokand textile MChJ, UzSungwoo kompaniyasi hamda Qo‘qondagi me'moriy yodgorliklarga tashrif buyurishni rejalashtirishgan. Shuningdek, mehmonlar O‘zbek-Koreya biznes forumida ishtirok etib, ikki davlat o‘rtasida B2B shaklidagi uchrashuvlarni o‘tkazishni ham nazarda tutgan.
Seshanba kuni sayyohlar Farg‘onadan Toshkentga jo‘nab ketishdi. Sayohatlarining qolgan ikki kunida poytaxtning diqqatga sazovor joylari bilan ham tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Ta'kidlash joizki, joriy yilning 10 fevralidan boshlab O‘zbekiston Respublikasida Koreya, Singapur, Turkiya, Isroil, Malayziya, Indoneziya va Yaponiya fuqarolari uchun mamlakatga kirish kunidan boshlab 30 kun davomida vizasiz rejim amal qiladi.
Mavzuga oid
20:27 / 14.01.2026
AQSh 75 mamlakat fuqarolari uchun viza berishni to‘xtatadi
18:09 / 07.01.2026
Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari ham AQSh vizasi uchun 15 ming dollargacha garov to‘laydi
12:44 / 07.01.2026
O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz kirish davlatlari soni oshiriladi
13:16 / 06.01.2026