AQŞ davlat departamenti Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning akasi Kim Çen Nam kimyoviy qurol qöllangan holda öldirilgani sababli Pxenyanga qarşi sanksiyalar kiritilişini e'lon qildi. Bu haqda davlat departamentining tvitterdagi sahifasida ma'lum qilindi.
“22 fevralda AQŞ Şimoliy Koreya kimyoviy qurolni taqiqlaş haqidagi xalqaro konvensiyani buzgan va Kim Çen Namni öldiriş uçun VX zaharli moddasi qöllagan, degan xulosaga keldi. Yangi çeklovçi çoralar Pxenyanning noqonuniy xatti-harakatlari oldini oliş uçun AQŞ avvalroq kiritgan sanksiyalarni töldiradi”, deyilgan hujjatda.
“AQŞ qotillikni sodir etiş uçun kimyoviy qurol qöllaşni qat'iyan taqiqlaydi. Bu kimyoviy qurolni qöllaşga qarşi qaratilgan me'yorlarga oçiqçasiga hurmatsizlik bölib, yana bir bor Şimoliy Koreyaning bemulohaza xarakterdaligini körsatadi va Şimoliy Koreyaning ommaviy qirğin quroli bilan boğliq birorta dasturiga çidab turmasligimizni ta'kidlaydi”, deyilgan bayonotda.
Kim Çen Nam 2017 yil 13 fevralda Kuala-Lumpur aeroportida öldirilgan. Uning terisida xalqaro konvensiya bilan taqiqlangan VX zahari izlari aniqlangan.
Pxenyan uşbu qotillikka aloqasi yöqligini va ayblovlar ortida Şimoliy Koreyaning duşmanlari fitnasi turişini ta'kidlab keladi.

















