Kim Çen Namning Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur aeroportidagi zaharlanişidan bir neça daqiqa ötib olingan fotosurati tarqaldi. Malayziyaning New Straits Times bu kadrni taqdim etgan. Taxminlarga köra, surat olingan paytda u hali tirik bölgan.

Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga qaraganda, Kim Çen Inning ögay akasini sianiddan bir neça bor kuçliroq bölgan modda bilan zaharlaşgan. Suiqasd atigi beş soniya içida amalga oşirilgan.
Eslatib ötamiz, Kim Çen Namning öldirilişi haqidagi xabar 14 fevral kuni paydo böldi. Keyinçalik Malayziya politsiyasi ham bu ma'lumotni tasdiqladi.
Huquqni muhofaza qiliş organi xodimlari qotillikka aloqadorlikda gumon qilib ikki ayol va bir erkakni qölga olişdi.
















