Meksikaning “Jamoat xavfsizligi va jinoiy adliya böyiça fuqarolik kengaşi” nodavlat taşkiloti ekspertlari 2017 yilda dunyoning eng xavfli şaharlari reytingini tuzib çiqişdi.

Birinçi örinni Meksikadagi Los-Kabos şahri egalladi, undagi qotillik darajasi har yuz ming kişiga deyarli 111 holatga teng böldi. Reytingning ikkinçi poğonasidan Venesuela poytaxti Karakas joy oldi. Jahondagi eng xavfli şaharlar uçligiga Meksikaning Akapulko şahri yakun yasab berdi.

Hammasi bölib reytingdan 50 şahar joy oldi, ularning aksariyati Lotin Amerikasida joylaşgan. Eng köp şaharlar Braziliya va Meksikadan – mos ravişda 17 va 12.