Sport | 12:00 / 07.03.2018
9291
1 daqiqa o‘qiladi

Mahrez futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi

Foto: Getty Images

«Lester» yarimhimoyachisi Riyoz Mahrez futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida e'lon qildi.

«Ko‘plab shifokorlar bilan maslahatlashuvlardan keyin men futbolchilik faoliyatimni yakunlashga qaror qildim.

Futbolchilik faoliyatim poyoniga yetar ekan, mening aytadigan gaplarim bor. Barchaga minnatdorchiligimni bildiraman, bu shahar bir umr qalbimda qoladi», – deb yozgan Mahrez ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida.

Ayni vaqtda 27 yoshda bo‘lgan bu jazoirlik futbolchini o‘tgan yil yozida «Roma», «Chelsi» va «Barselona» kabi klublar o‘z safiga qo‘shib olishni istagandi, yanvar oyida esa «Manchester Siti» futbolchi uchun bir necha taklif yuborgan, ammo «Lester» futbolchisini qo‘yib yubormagandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid