Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining «Turistik xizmatlarni sertifikatlaştiriş markazi» davlat unitar korxonasi tomonidan Oʻz DSt 3296:2018 «Turizm xizmatlari. Mehmonxonalar va öxşaş joylaştiriş vositalari. Tasniflaş tizimi» Özbekiston Respublikasining davlat standarti işlab çiqildi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi matbuot xizmati.

Standart manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelişildi, turizm sohasida standartlaştiriş böyiça texnik qömita tomonidan ma'qullandi va Özbekiston standartlaştiriş, metrologiya va sertifikatlaştiriş agentligi («Özstandart» agentligi)ning 07.02.2018 yildagi 08-925-sonli qarori bilan tasdiqlangan.

Uşbu standart mehmonxonalar va öxşaş joylaştiriş vositalarini tasniflaş tizimini belgilaydi va GOST 28681.4.-95 örniga qöllaniladi.

Uşbu standart mehmonxonalar va öxşaş joylaştiriş vositalarini tasniflaş tizimini, şu jumladan tutaş hudud, binolar, xonalar, nomerlar, texnik jihozlar va asbob-uskunalar, xodimlar, axborot ta'minoti, joylaştiriş vositasi xizmatlariga doir talablarni belgilaydi.

Standartni işlab çiqiş vaqtida mehmonxonalar va öxşaş joylaştiriş vositalariga doir umumiy (minimal) talablarni belgilovçi Oʻz DSt 3220:2017ga binoan joylaştiriş vositalariga doir amaldagi talablar hisobga olingan. Amaldagi eski standartdan farqli ravişda mehmonxonalar va motellarning emas, balki apartotellar, apartamentlar majmui (qarorgohlar), lyuks nomerli mehmonxonalar, spa-mehmonxonalar, butik-otellar va boşqa öxşaş joylaştiriş vositalarining ham tasniflanişini hisobga oladi.

Uşbu standartni amalga joriy qiliş sanasi - 2018 yil 1 avgust. Uşbu sanadan boşlab standart talablari, turistik xizmatlarni sertifikatlaştiriş organlari tomonidan sertifikatlaştiriş va inspeksiya nazoratini ötkaziş maqsadida va turli mulkçilik şakliga ega korxonalar tomonidan mehmonxona xizmatlarini körsatiş vaqtida qöllaş uçun majburiy böladi.