3 mart kuni soat 13:30-14:00 lar atrofida Namangan şahri, Nodim Nomongoniy köçasi, 8-uy, 18-xonadonda yuz bergan yonğin içidan Namangan şahridagi 1-sonli ixtisoslaştirilgan maktabning 8-sinf öquvçisi M.E.ning urib öldirilgan jasadi topildi. Bu haqda «KUN.UZ» muxbiriga «Obihayot» mahalla fuqarolar yiğini faollaridan biri xabar berdi.
Ma'lum bölişiça, uşbu mudhiş jinoyatga qöl urganlar - 1994 va 1997 yillarda tuğilgan yangiqörğonlik aka-uka M va R köpqavatli uy oldida 15 yoşli bolaning maktabdan çiqib, uyiga kelişini kutib turişgan. Manbaning aytişiça, ular xonadon sohibi, kasbi şifokor bölgan I.E. bilan avvaldan taniş bölişgan, mazkur xonadonga bir neça marta kirib-çiqib turişgan. Ular M.E uyga kirgaç, eşikni taqillatib kirişgan va kirib olişgaç, eşikni içkaridan qulflaşgan. Bu şaxslar ösmirni elektr toki bilan qiynoqqa solişgan, boşi va tanasining turli qismlariga tömtoq jism bilan urib, öldirişgan. Söngra uyni yoqib yuborişgan va voqea joyidan ketişgan.
1968 yilda tuğilgan I. Esonovning uyida yuz bergan yonğin hidini sezgan qöşnilar zudlik bilan tegişli joyga xabar berişgan, körilgan çoralar natijasida yonğin öçirilgan. Yonğin oqibatida uyning 20 kv.m. maydonida şift qismi, uy-jihozlari yonib zarar körgan. Yonğinni öçiriş vaqtida M.E.ning boşi va tanasining turli joylariga urib jarohat yetkazilgan va kuygan holdagi jasadi topilgan.
Huquqni muhofaza qiliş organlarining sa'y-harakatlari bilan mazkur mudhiş xunrezlikka qöl urgan aka-uka uşlandi. Ayni vaqtda uşbu holat yuzasidan dastlabki suriştiruv-tergov işlari olib borilmoqda.










