Bekobod şahrida teplovoz ehtiyotsizlik bilan temir yölni kesib ötayotgan fuqaroni urib yubordi. Bu haqda Toşkent viloyat IIB huzuridagi Tergov boşqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilişiça, 2018 yil 5 mart kuni soat 19.30 da Bekobod şahar, Nurli yöl mahallasida joylaşgan “Buyum bozori” yaqinidagi temir yölda harakatlanib kelayotgan “Özmetkombinat” OAJga qaraşli TEM-2 UM-831 raqamli teplovoz poyezdi Bekobod tumanida yaşagan Hanifa Mahmudovani uning ehtiyotsizligi oqibatida urib yuborgan.
Oqibatda jabrlanuvçi H.Mahmudova olgan tan jarohatlaridan Bekobod şahar markaziy kasalxonasida vafot etgan. Ayni vaqtda tergovga qadar tekşiruvni Bekobod şahar IIB huzuridagi Tergov bölimi olib bormoqda.











