Beş yil oldin «PSJ» Çempionlar Ligasi çorakfinaliga çiqqan edi. Şundan buyon klub transferlarga 800 million yevrodan ortiq mablağ sarfladi. Ammo vaziyat yaxşi tomonga özgarmadi.
2012/13 mavsumi - 145 mln yevro

2012 yil yozida «PSJ» dastlabki katta transfer kompaniyasini ötkazdi. Karlo Ançelotti boş murabbiy qilib tayinlandi. Jamoa safini Ibrahimoviç, Tyago Silva, Verratti va Lavessi töldirdi. Yoşlar jamoasidan Adriyen Rabo asosiy tarkibga qabul qilindi. Qişda Devid Bekxem bilan yarim yillik şartnoma imzolandi. Umumiy transfer xarajatlari 145 million yevroni taşkil qildi. Jamoa Çempionlar Ligasi çorakfinaligaça yetib borib, «Barselona» bilan ikki marta durang öynab, safarda urilgan gol qoidasiga köra musobaqani tark etdi. Mavsum oxirida Ançelottining javobi berildi. Oradan 5 yil ötgan bölsa-da, «PSJ» uçun Çempionlar Ligasi çorakfinali eng yuqori marra bölib qolmoqda.
2013/14 mavsumi - 136 mln yevro

Jamoaga Edinson Kavani, Markinos va Lyuka Din keldi. Yoşlar jamoasidan Kingsli Koman asosiy tarkibga ötkazildi. Loran Blan yangi boş murabbiy böldi. Uning qöl ostida «PSJ» çempionat va Liga kubogida zafar quçdi. Çempionlar Ligasida çorakfinalgaça yetib bordi va «Çelsi»ni öz uyida 3:1 hisobida yengib, safarda 0:2 hisobida yutqazdi.
2014/15 mavsumi - 50 mln yevro

«PSJ» moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzgan deb topildi. Jamoaning xarajatlari çeklandi, yevrokuboklar uçun taqdim qiladigan futbolçilar röyxati qisqartirildi. Natijada, 50 million yevro evaziga faqat David Luiz xarid qilindi xolos. Jamoa çempionat va Kubokda zafar quçdi. Çempionlar Ligasida çorakfinalgaça yetib borib, ikki marta «Barselona»ga yutqazdi.
2015/16 mavsumi - 116 mln yevro

UYeFA tomonidan yangi suriştiruv işlari boşlanganiga qaramay, «PSJ» bir neça futbolçi uçun pul topa oldi. Jamoa safini Di Mariya, Kyurzava, Ore va Trapp töldirdi. «PSJ» içki musobaqalarning barçasida - çempionat, Kubok va liga Kubogida zafar quçdi. Çempionlar Ligasi çorakfinalida Manuel Pellegrini qöl ostidagi «Mançester Siti» tösiğidan ötolmadi - durang va mağlubiyat.













