Sport | 18:10 / 08.03.2018
22809
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston o‘z tarixida birinchi marta Janubiy Amerika vakili bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Foto: Urugvay terma jamoasi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi joriy yilda bir qator kuchli termalarga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazadi.

Futbolchilar 23 mart kuni Senegal, 27 mart kuni esa Marokash terma jamoalariga qarshi safarda o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishadi. Bundan tashqari, 15 may kuni Eron milliy terma jamoasiga qarshi bahs o‘tkaziladi. Mazkur terma jamoalar JCh-2018 ishtirokchilari bo‘lib, mundial oldidan ular O‘zbekiston MTJ bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishga rozilik berishgan.

Muzokaralar natijasida O‘zbekiston MTJ uchun yana bir kuchli sparring raqib topildi. Shu yilning 7 iyun kuni JCh-2018 yana bir ishtirokchisi Urugvay terma jamoasi O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Urugvay poytaxti Montevideo shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ma'lumot uchun, Urugvay terma jamoasi JCh-2018da «A» guruhida Rossiya, Saudiya Arabistoni va Misr bilan guruhdan chiqish uchun kurash olib boradi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid