8 mart bayrami arafasida BAAning Emirates aviakompaniyasi ayollar jamoasi tomonidan boşqarilgan transatlantik parvozni amalga oşirdi. Kompaniya bu bilan ayollar erkaklar köproq bölgan sohalardagi vazifalarni ham bajara olişlarini körsatmoqçi bölgan. 

EK 225 sonli maxsus reys Dubaydan San-Frantsiskoga 25 dan köproq millatga mansub 75 nafardan köproq ayolning sa'y-harakatlari evaziga minglab mil masofani uçib ötdi. Reys “superayollar reysi” deb nom oldi. Reys dunyodagi eng katta yölovçi samolyoti A380’da bajarilgan. Samolyotni kanadalik Patritsiya Bişoff va britaniyalik Rebekka Lugid boşqargan. Ekipajga polşalik Veronika Formela boşçilik qilgan.

Reysga boşidan oxirigaça faqat ayollar xizmat körsatgan. Reysga tayyorgarlik köriş tasvirlangan videorolikda barça xodimlar – texniklar, muhandislar, dispetçerlar, xizmat körsatuvçi personal va xavfsizlik xizmati xodimlari ayollar bölganini köriş mumkin.

75 dan köproq ayolning bu hamkorligi Emirates Group xodimlar tarkibida turli millat vakillari işlaşini körsatadi.

Kompaniyada turli lavozimlarda 1150ga yaqin ayol işlaydi. Kompaniyaning 40 foiz işçilarini ayollar taşkil qiladi.