O‘zbekiston | 11:50 / 09.03.2018
59786
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: O‘zbekiston prezidenti Dushanbeda tantanali kutib olindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Prezident Imomali Rahmonning taklifiga binoan 9 mart kuni davlat tashrifi bilan Tojikiston Respublikasiga bordi. Dushanbe xalqaro aeroportida davlat rahbarini Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib oldi. 

O‘zbekiston Prezidenti sharafiga qo‘shni davlat poytaxti bo‘ylab davlatimiz bayrog‘i ko‘tarilgan. Ko‘chalarga chiqqan minglab tojikistonliklarning yuz-ko‘zidagi xursandchilik ushbu tashrif ular uchun orziqib kutilgan voqea ekanidan dalolat bermoqda. 

Qayd etish kerakki, o‘zaro munosabatlar tarixida bu O‘zbekiston Prezidentining Tojikistonga ilk davlat tashrifidir. Tomonlar ushbu muzokaralarga ikki mamlakat hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, uni amaliy mazmun bilan boyitish uchun imkoniyat sifatida qaramoqda.

Foto: Tojikiston prezidenti matbuot xizmati

Foto: O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati

Mavzuga oid