Iqtisodiyot | 14:30 / 09.03.2018
46272
2 daqiqa o‘qiladi

Xorijliklar O‘zbekistonda asosan qaysi sohaga sarmoya yo‘naltirayotgani aytildi

Foto: Fotolia

2018 yil 1 mart holatiga O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 5711tani tashkil etdi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi saytida xabar berilgan.

Xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalardan 3186tasi qo‘shma korxonalar, 2525tasi esa xorijiy korxonalar hisoblanadi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahar 3730ta (65,3%i), Toshkent viloyati 618ta (10,8%) va Samarqand viloyatlari 289ta (5,1%) hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Eng kam xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan korxonalar Xorazm viloyati 51ta (0,9%), Qashqadaryo viloyati 55ta (1,0%), Navoiy viloyati 64ta (1,1%) va Surxondaryo viloyati 67ta (1,2 %) hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Agar faoliyat yuritayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida ushbu ma'lumotlarni 2018 yil 1 mart holatiga ko‘rilsa, eng ko‘p sanoatda 2507ta (43,9%), savdoda 1118ta (19,6%), boshqa turlarida esa 1008tani (17,7%) tashkil qilgan, eng kamlari esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda 77ta (1,3%), axborot va aloqada 132ta (2,3%), tashish va saqlashda 164ta (2,9%) qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi 174ta (3,0%), yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlarda 222ta (3,9%) va qurilishda 309ta (5,4 %) tashkil qilgan. 

2018 yilning yanvar-fevral oyida xorijiy kapital ishtirokidagi ro‘yxatdan o‘tgan yangi korxonalarning soni 237tani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 142taga ko‘paygan yoki 2,5 baravarga oshgan.

Yangi tashkil etilgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarni iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, asosan sanoatda 88ta, savdoda 69ta, qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida 18ta, qurilishda 16ta va boshqa faoliyat turlarida 46ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etilgan.

Mavzuga oid